Oliy toifali jarroh
Tibbiyot fanlari nomzodi
Chilonzor tumani, 5-mavze, Muqimiy ko‘chasi, 1A, mo’ljal - “Novza” metro bekati
O’tkir appenditsit
O’tkir appenditsit – bu yo’g’on ichakning chuvalchangsimon o’simtasi (appendiks)ning turli xil darajadagi yallig’lanishi. Jarrohlik davolashni talab qiluvchi eng keng tarqalgan kasalliklardan biri.
Apandisit har qanday yoshda, ko’pincha yosh va o’rta yoshdagi odamlarda uchraydi; ayollar erkaklarga nisbatan ko’proq kasallanadi. O’tkir appenditsit bilan kasallanish yiliga 1000 kishiga 4-5 tani tashkil qiladi. Qorin bo’shlig’i organlarining o’tkir jarrohlik kasalliklari orasida o’tkir appenditsit 89,1%ni tashkil etib, ular orasida birinchi o’rinda turadi. O’tkir appenditsit peritonit (qorin bo’shlig’ining yiringli yallig’lanishi)ning eng keng tarqalgan sababidir.
O’tkir appenditsit turlarining morfologik tasnifi
• Kataral (oddiy, yuzaki);
• Destruktiv:
Joylashuv bo’yicha:
• klassik;
• retrocekal;
• retroperitoneal;
• jigar osti (ko’tariluvchi);
• tosda (pastga tushuvchi);
• chap tomonlama (a’zalarning transpozitsiyasida).
Agar o’tkir appenditsit tashxisi qoýilgan bo’lsa, unda zudlik bilan jarrohlik operaciyasini bajarish zarur.
Hozirgi vaqtda operatsiya an’anaviy yoki laparoskopik usulda amalga oshiriladi.
Laparoskopik appendektomiya – laparoskopik usulda chuvalchangsimon osimta (appendiks)ni olib tashlash. Apandektomiyaning standart jarrohlik usuli juda ko’p kamchiliklarga ega – chandiqli jarayon, yiringlash, uzoq kasalxonada qolish va operatsiyadan keyingi reabilitatsiyaning va mexnatga layoqatsislikning uzoq davom etishi.
Ko’pincha laparoskopik appendektomiyani amalga oshirish uchun qorin bo’shlig’ida uch yoki to’rtta kichik kesma talab qilinadi.
Laparoskopik appendektomiyadan so’ng, odatda, kasalxonada atigi 1-2 kundan ortiq qolish talab qilinmaydi. 7-8 kun ichida choklar olib tashlanadi. Agar bemorga o’zi so’riladigan teri osti kosmetik choklari qoýilgan bo’lsa, ularni olib tashlashning hojati yo’q. Operatsiyadan 1-2 hafta o’tgach, bemor ishlashni boshlashi mumkin.
Kasmed klinikasida operatsiyalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan 30 yildan ortiq ishlash tajribagasiga ega yuqori malakali jarrohlar tomonidan yuqori texnologiyali uskunalar yordamida amalga oshiriladi.
Kasmed klinikasiga murojaat qiling, biz sizga qorin og’rig’idan xalos bo’lishga yordam beramiz! Kasallikning jiddiy asoratlarga olib kelishiga yo’l qo’ymang! O’z sohasidagi professionallarga ishoning!