Shamirzaev Baxtiyor Nadjiyullaevich

Oliy toifali jarroh

Tibbiyot fanlari nomzodi

+998 90 982 23 55

Chilonzor tumani, 5-mavze, Muqimiy ko‘chasi, 1A, mo’ljal - “Novza” metro bekati

Chov va son churralari

Insonning qorin devorida mushaklar tomonidan sust himoyalangan ba’zi joylar mavjud bo’lib, shu joylarda churralar, ya’ni ichak qovuzloqlari va qorin bo’shlig’ining boshqa ichki a’zolari chiqadigan bo’rtmalar paydo bo’lishi mumkin.

Chov churralari eng keng tarqalgan churra turlaridan biri bo’lib, u chov kanallari orqali chov sohasida paydo bo’ladi. Bu kanallar qorinning pastki qismida o’ng va chap tomondan qiya yo’nalishda o’tadi, uchburchak shaklga ega bo’lib, ularning ichida erkaklarda urug’tizimchasi, ayollarda esa bachadonning yumaloq boylami’lanishi mavjud.

Son churrasi chov churraga juda o’xshaydi. Bu churra xaltasi son kanali orqali chiqqanda paydo bo’ladi va churra bo’rtmasi chov boylamidan biroz pastda, son sohasida paydo bo’ladi.

Kasallikning o’ziga xos belgisi – bu shish, bo’rtma paydo bo’lishi. U tik turgan holatda, kuchanganda, jismoniy zo’riqishlarda kattalashadi, yotgan holatda esa kichrayadi yoki butunlay yo’qoladi.

Asosiy belgilari – churra bo’rtmasi hududida og’riq, og’irlik, noqulaylik, achishish. Bu tuyg’ular egilish, yo’talish va og’ir yukni ko’tarish paytida kuchayadi.

Mumkin bo’lgan asoratlar

• Agar churra saqlamasi va churra xaltasi devorlari o’rtasida chandiqli bitishmalar paydo bo’lsa, churra qorin bo’shlig’ga to’g’rilanmaydigan holga keladi va churra bilan bo’liq shikoyatlar kuchayadi, churra bo’rtmasi yotganda yoki uni bosganda yo’qolmaydi.

• Ichak disfunktsiyasi. Koprostaz (ich qotoshi, qabziyat) rivojlanadi. Najas va gazlarning o’tishi buziladi, qattiq og’riq, ko’ngil aynishi va qayt qilish paydo bo’ladi.

• Ichak qovuzlogíning churra darvozasida siqilib qiloshi churraning qisilishiga olib keladi. Bunda qattiq og’riq, ko’ngil aynishi, qusish paydo bo’ladi, tana harorati ko’tariladi va churra bo’rtmasi qizaradi.

• Ichak nekrozi churra qisilishining xavfli asorati bo’lib, bunda ichakning bir qismi nobud bo’ladi. Shoshilinch jarrohlik aralashuvisiz bemor vafot etishi mumkin.

Churralarning sabablari: jinsi, yoshi, avval o’tkazilgan operatsiyalar, homiladorlik, irsiyat, ortiqcha vazn, qorin bo’shlig’idagi bosim tez-tez kuchayadigan sharoitlar (surunkali yo’tal, ich qotishi, og’irlikni ko’tarish bilan bog’liq ish).

Chov va son churralari ko’rik vaqtida aniqlanadi. Har bir jarroh ularni osongina aniqlashi mumkin.

Ba’zi hollarda, agar tekshiruvdan so’ng tashxis shubha tug’dirsa yoki churra qisilishiga shubha bo’lsa, qo’shimcha tekshiruvlar buyurilishi mumkin: rentgenografiya, qorin bo’shlig’ining ultratovush tekshiruvi. Kamdan-kam hollarda KT va MRIga zaruriyat tugíladi.

Chov churrani davolashning yagona samarali usuli bu churrani olib tashlash. Amaliyot vaqtida jarroh churra qopini kesib, olib yashlaydi, uning saqlamasini qorin bo’shlig’iga qaytaradi va maxsus tibbiy to’r yordamida devorini mustahkamlaydi.

Chov va son churralar bo’yicha operatsiyalar laparoskopik (qorin devoridagi kichik teshiklar orqali) yoki kesma (Sholdis, Lixtenshteyn operatsiyalari) orqali amalga oshiriladi. Biz dunyodagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarning to’r implantlaridan foydalanamiz. Shu sababli, operatsiya to’qimalarning minimal shikastlanishi bilan amalga oshirilinadi, bemor tezroq tuzalib ketadi, churraning asoratlari va takrorlanish xavfi minimallashadi.

Ammo laparoskopik amaliyotlar, ayniqsa, takroriy, ikki tomonlama va son churralarida afzalroqdir. Laparoskopik operatsiyalardan so’ng bemorlar 1-2 kun davomida shifoxonada qoladilar va 3-kuni ofisda ishlashni boshlashlari mumkin!

      Kasmed klinikasida operatsiyalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan 30 yildan ortiq ishlash tajribagasiga ega, 7000dan ziyod operaciyalarni amalga oshirgan yuqori malakali jarrohlar tomonidan yuqori texnologiyali uskunalar yordamida amalga oshiriladi.

      Kasmed klinikasiga murojaat qiling va biz sizga hayotda noqulayliklar keltirayitgan kasalliklardan xalos bo’lishingizga yordam beramiz! Kasallik asoratlarni rivojlanishiga yo’l qo’ymang! O’z sohasidagi professionallarga ishoning!