Shamirzaev Baxtiyor Nadjiyullaevich

Oliy toifali jarroh

Tibbiyot fanlari nomzodi

+998 90 982 23 55

Chilonzor tumani, 5-mavze, Muqimiy ko‘chasi, 1A, mo’ljal - “Novza” metro bekati

Ottosh kasalligi

      O’t tosh kasalligi (O’TK) – jigar va o’t yo’llarining kasalligi bo’lib, o’t pufagi va o’t yo’llarida tosh shakllanishi bilan tavsiflanadi. O’t tosh kasalligi rivojlangan mamlakatlar umumiy aholisining 20 foizida uchraydi.

      O’t pufagida tosh paydo bo’lishining boshlang’ich jarayoni o’t pufagida safroning dimlanib, quyqasimon holatga kelishidan boshlanadi.

      O’t pufagida toshlarning paydo bo’lishiga gepatitlar, anemiya, metabolik o’zgarishlar (semizlik), oshqozon va ichak kasalliklari (peptik yaralar, gastrit, enterit, kolit), har xil turdagi yuqumli kasalliklar, gijjalar sabab bo’ladi.

      Ko’pincha bemorlar o’t pufagida tosh borligini bilishmaydi. Kasallik o’t pufagining chiqish joyiga tosh tiqilib qolganda o’ng qovurgá yoyi ostida kuchli og’riq paydo bo’lasi yoki o’t yo’llarini toshlar berkitib qoýganda sariqlik paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi.

      O’rtacha 50% hollarda o’t tosh kasalligining quyidagi asoratlaridan biri rivojlanishi mumkin:

1. O’tkir xoletsistit (o’t pufagidagi toshlarning 50 foizida rivojlanadi);

2. Obstruktiv sariqlik (10-25% hollarda);

3. O’tning o’n ikki barmoqli ichakka kirish joyida papillaning yallig’lanishi va yopilishi;

4. O’n ikki barmoqli ichak papillasining stenozi (torayishi);

5. O’t pufagi saratoni (bemorlarning 70-95 foizida toshlar fonida rivojlanadi);

6. O’t yo’llarining yallig’lanishi, o’t yo’llarining yallig’lanishi fonida – gepatit;

7. Pankreatit (oshqozon osti bezining yallig’lanishi), oshqozon osti bezining nekrozi;

8. Sariqlik;

9. O’t pufagi va uning atrofidagi azolar orasidagi oqmalar;

10. O’t pufagi va o’t yo’llari orasidagi oqmalar (Mirizzi sindromi).

      O’t pufagidagi tosh kasalligini aniqlashning eng ko’p qo’llaniladigan usuli ultratovush tekshiruva (UTT) hisoblanadi. O’t pufagi va o’t yo’llarining toshlari KTda (MSCT, MRI) ham ko’rinadi.

      O’t pufagidagi toshlarni davolashning yagona usuli – o’t pufagini toshlari bilan olib tashlash (xoletsistektomiya).

      Eng muhimi, o’t tosh kasalligining asoratlarini kutmaslik kerak! Kasallik eng noo’rin vaqtda va eng mos bo’lmagan joyda huruj berib qolishi mumkin!

      O’t pufagini olib tashlash ikki usulda amalga oshiriladi:

Klassik xoletsistektomiya (ochiq). Qorin old devorida 3 dan 16 sm gacha uzunlikdagi kesma qilinadi vas hu kesim orqali o’t pufagi olib tashlanadi. Bu jiddiy jarrohlik amaliyoti hisoblanadi va bunday operatsiyadan keyin bemor 2 haftagacha shifokorlar nazorati ostida statsionar bo’limda qoladi. Umumiy tiklanish davri 2 oydan 4 oygacha davom etadi. Operatsiyadan keyin sezilarli chandiq qoladi.

Laparoskopik xoletsistektomiya. Bu operatsiyaning har tomonlama maqbul usuli bo’lib, unda operatsiya qorin devoridagi kichik kesmalar orqali amalga oshiriladi. Odatda 4 tagacha kichik kesimchalar zarur bo’lishi mumkin. Har bir kesmaning uzunligi 1 sm dan oshmaydi. Ushbu usulda qorin devori to’qimalariga minimal zarar yetkaziladi, asoratlar xavfi sezilarli darajada kamayadi va bemorning kasalxonada bo’lishi 3 kundan oshmaydi. To’liq tiklanish tezroq sodir bo’ladi – 2-4 hafta ichida, ammo ko’pchilik odatdagi turmush tarziga ertaroq qaytishadi.

      Kasmed klinikasida operatsiyalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan 30 yildan ortiq ishlash tajribagasiga ega yuqori malakali jarrohlar tomonidan yuqori texnologiyali uskunalar yordamida amalga oshiriladi.

      Kasmed klinikasiga murojaat qiling, biz sizga o’t pufagidagi toshlardan xalos bo’lishga yordam beramiz! Kasallik asoratlari rivojlanishiga yo’l qo’ymang! O’z sohasidagi professionallarga ishoning!