Shamirzaev Baxtiyor Nadjiyullaevich

Oliy toifali jarroh

Tibbiyot fanlari nomzodi

+998 90 982 23 55

Chilonzor tumani, 5-mavze, Muqimiy ko‘chasi, 1A, mo’ljal - “Novza” metro bekati

Shamirzaev Baxtiyor Nadjiyullaevich – oliy toifali jarroh, endoskopik operatsiyalar bo’yicha mutaxassis, 30 yildan ortiq tajribaga ega tibbiyot fanlari nomzodi. Gastroezofagial reflyuks kasalligi, xolelitiyaz, jigar kistalari, semizlik, chov, kindik, son, diafragma va operatsiyadan keyingi churralar, qorin to’g’ri ichak mushaklarining diastazasi, ginekologik muammolar va boshqa ko’plab kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan. Minglab bemorlarga qorin bo’shlig’i va ko’krak qafasi organlarining turli kasalliklarini malakali va samarali davolashga yordam berdi.

Kasbiy takomillashtirish

1983 – 1989 yy. Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi. “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha imtiyozli diplom.
1989 – 1991 yy.Butunittifoq xirurgiya ilmiy markazining Toshkent filiali klinik ordinatori
1993 y. aprel                                   “Jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda portal gipertenziyani jarrohlik yo‘li bilan davolash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish.
1993 y. Noyabr-dekabrSyzganov nomidagi Jarrohlik ilmiy tadqiqot markazida laparoskopik jarrohlik bo’yicha ma’laka oshirish (Olmaota, Qozogʻiston).
1994 y. YanvarAkusherlik va ginekologiya ilmiy markazida laparoskopik ginekologiya bo’yicha asosiy ta’lim. Toshkent, Oʻzbekiston.
1997 y. Oktyabr-noyabrVishnevskiy nomidagi Xirurgiya instituti qoshidagi laparoskopik jarrohlik o‘quv markazida “Laparoskopiya texnikasini takomillashtirish” oquv kurslari (Moskva, Rossiya).
1998 y.  aprelRossiya endoskopik jarrohlar uyushmasi a’zosi
2008 y. Fevral-aprelO‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Tibbiyot tarkibni tayorlash va malakasini oshirish markazida “Endoskopiya” o’quv kurslari.
2018 y. Fevral-iyunToshkent vrachlar malakasini oshirish institutida “Ultratovushli diagnostika” boshlangʻich mutaxassislik boʻyicha 720 soatlik kurs.
2019 y. Iyun-iyulHindistonning Gurgaun shahridagi “Pratiksha Visit Group” klinikasida umumiy va bariatrik jarrohlik bo’yicha Malaka oshirish

Kasbiy faoliyat joyi

1989 – 1991 yy.Butunittifoq xirurgiya ilmiy markazi filialining klinik ordinatori. Toshkent, O‘zbekiston`
1991 – 1993 yy.Jarrohlik ilmiy markazining lazer jarrohlik markazi bo’limi boshlig’i. Toshkent, Oʻzbekiston
1994 – 1995 yy. Jarrohlik ilmiy markazining jigar va o‘t yo‘llari jarrohligi bo‘limi ilmiy xodimi. Toshkent, Oʻzbekiston
1995 – 1996 yy.Jarrohlik ilmiy markazi jigar va o‘t yo‘llari jarrohligi bo‘limi katta ilmiy xodimi. Toshkent, Oʻzbekiston
1996 – 1998 yy.Xirurgiya ilmiy markazi doktoranti. Toshkent, O‘zbekiston
1999  – 2001 yy.“Seling” xususiy tibbiyot kompaniyasi direktori, Toshkent, O‘zbekiston
2001 – 2022 yyO‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida endoskopik operatsiyalar bo‘yicha mas’ul jarroh, tibbiy attestatsiya komissiyasi kotibi. Toshkent, Oʻzbekiston
2010 – 2012 yy.Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalining operatsion bo’limi boshlig’i. Toshkent. O’zbekiston
2012 – 2016 yy. “Medik-As chemiche group” MChJ bosh shifokori
2016  – 2018 yy.“Medik-As” kimyoviy guruhi MChJ direktori
2018 – 2019 yy.“Chilonzor Tibbiy Ko’rik” MChJ bosh shifokori
2019  – 2022 yy.“Zarmed Pratiksha Hospital Group” MChJ QK jarrohi, Samarqand
2022 – hozirgi vaqtda“Kasmed” MChJda jarroh, Toshkent