Shamirzaev Baxtiyor Nadjiyullaevich

Oliy toifali jarroh

Tibbiyot fanlari nomzodi

+998 90 982 23 55

Chilonzor tumani, 5-mavze, Muqimiy ko‘chasi, 1A, mo’ljal - “Novza” metro bekati

Qorin to’g’ri mushaklarining diastazi

      Qorin to’g’ri muskullari diastazi (QTMD) – qorin oq chizigíning zaiflashishi va cho’zilishi tufayli qorinning ushbu mushaklari ichki qirralarining bir-biridan kindik sathida 27 mm dan ortiq yoki kindikdan 3 sm yuqorida 22 mm dan ortiq masofaga ajralishi.

      Qorinning to’g’ri mushaklari juft mushakdir. U qorin old devorida joylashgan bo’lib, ko’krakdan tos suyaklarigacha o’tadi. Qorinning o’rta chizig’i bo’ylab mushak bir-biri bilan aponevroz – “oq chiziq” bilan bog’langan. Ushbu mushaklar yordamida tana oldinga bukila oladi va qorin devorining mustahkamligi ta’minlanadi.

      Qorin to’g’ri mushaklari diastazining rivojlanishida ikkita asosiy patogenetik omil mavjud – qorin ichi bosimining uzoq vaqt davomida oshishi, bunda aponevrotik va mushak tuzilmalarining cho’zilishi sodir bo’ladi, shuningdek, qorin old devorining tug’ma anatomik va morfologik xususiyatlari. Shu tarzda ushbu omillarning ta’siri ostida qorin devori oq chizig’ining cho’zilishi sodir bo’ladi, oqibatda mushaklarning tarangligi va faoliyati susayadi, ular atrofiyaga uchraydi va qorin churralari rivojlanadi.

      Qorin to’g’ri muskullari diastazasining R.P. Askerxanov tasnifi

1. Birinchi daraja: diastaz kengligi 2,2 dan 5 sm gacha

2. Ikkinchi daraja: diastaz kengligi 5,1 dan 8 sm gacha

3. Uchinchi daraja: diastazning kengligi 8,1 sm dan ortiq

      Klinik ko’rinish kasallikning rivojlanish darajasiga bog’liq. Dastlabki bosqichlarda, ya’ni aponevroz arzimas darajada cho’zilganda, hech qanday alomat bo’lmasligi mumkin. Bemorlar odatda e’tibor beradigan birinchi narsa – bu qorin old devori bo’ylab bo’rtib turgan kosmetik nuqson.

      Kasallikning rivojlanishi davomida quyidagi shikoyatlar paydo bo’ladi:

• Bel og’rig’i, ayniqsa, bel umurtqalari sohasida.

• Oshqozon proektsiyasi sohasida noqulaylik yoki og’riq.

      Keyingi bosqichlarda oshqozon-ichak traktining faoliyatida buzilishlar yuzaga keladi. Bemor shifokorning e’tiborini ich qotishi, meteorizm va ko’ngil aynishiga qaratadi. Yo’talish yoki aksirish paytida siydik ushlamaslik kuzatilinishi mumkin.

      Agar aponevroz 8 sm dan oshiqroq bo’lsa (3 darajali QTMD), kasallikning asoratlari rivojlanishi mumkin. Jumladan, eng ko’p uchraydigan asorat – qorin oq chizig’ yoki kindik churrasi shakllanishi. Churra qisilganda o’tkir qorinning belgilari paydo bo’ladi: qorindagi keskin og’riqlar, axlat va gazlar chiqishining buzilishi, qusish bilan birga ko’ngil aynishi.

      Splanchnoptosis (qorin mushaklarining normal ishlashining buzilishi tufayli ichki organlarning prolapsasi) kabi asorat ham kuzatilinishi mumkin. Natijada, ichak tutilishi rivojlanishi mumkin, bu og’riq, ko’ngil aynishi, qusish va defekatsiya qilishda qiyinchiliklar bilan namoyon bo’ladi.

      Diastazni tashxislash qiyin emas, chunki u o’ziga xos klinik ko’rinishga ega. Tashxis ultratovush ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi.

      Konservativ terapiya faqat qorin to’g’ri mushaklari diastazi rivojlanishining birinchi darajasida va asoratlar bo’lmaganda qo’llaniladi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: qorin va bel mushaklarini kuchaytirishga yordam beruvchi engil va o’rtacha intensivlikdagi jismoniy mashqlar (jismoniy terapiya, yoga, suzish), shuningdek tana vaznini kamaytirish, ichaklarning normal ishlashi uchun parhez tutish.

      Jarrohlik davolash 2-3 darajali darajali QTMDda, asoratlar yuzaga kelganda yoki konservativ davo usullarini qo’llashda ijobiy dinamikaning yo’qligida qo’llaniladi.

      Kasmed klinikasida operatsiyalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan 30 yildan ortiq ishlash tajribagasiga ega, 7000dan ziyod operaciyalarni amalga oshirgan yuqori malakali jarrohlar tomonidan yuqori texnologiyali uskunalar yordamida amalga oshiriladi:

• Qorin old devorining laparoskopik, endoskopik plastikasi – jarrohlik davolashning minimal invaziv usuli bo’lib, bunda operatsiya qorin old devorini kesmasdan teshish orqali amalga oshiriladi. Ushbu davolash usuli yuqori texnologiyali, samarali va estetikdir, shuning uchun terida operatsiyadan keyingi chandiq qolmaydi.

• Ochiq jarrohlik aralashuvi – diastazni tikish va bir bosqichli abdominoplastika. Ushbu turdagi jarrohlik davolash bilan qorin old devoridagi kesma orqali operatsiya o’tkaziladi, mushaklarning qirralari tikiladi va «ortiqcha» osilib qolgan teri olib tashlanadi. Zaruriyat tugilganda, to’rli endoprotez bilan qo’shimcha mustahkamlash mumkin.

      Kasmed klinikasiga murojaat qiling va biz qorin old devori mushaklarining diastazasidan xalos bo’lishga yordam beramiz! Jismoniy harakatlaringiz osonlashadi, hayot sifati keskin oshadi! Kasallikni asoratlar va tuzatib bo’lmaydigan darajaga olib bormang! O’z sohasidagi professionallarga ishoning!