Oliy toifali jarroh
Tibbiyot fanlari nomzodi
Chilonzor tumani, 5-mavze, Muqimiy ko‘chasi, 1A, mo’ljal - “Novza” metro bekati
Tuxumdon apopleksiyasi
Tuxumdon apopleksiyasi – tuxumdondan ichiga qon yig’ilishi bo’lib, tuxumdonning yorilishi oqibatida qorin bo’shlig’iga ichki qon ketishiga olib kelishi mumkin. Tuxumdon apopleksiyasi o’tkir, ko’pincha hayot uchun xavfli holat bo’lib, darhol tibbiy aralashuvni talab qiladi.
Hayz davri davomida ayolning tuxumdonida follikul rivojlana boshlaydi va uning ichida hosil bo’lgan tuxum tashqariga yorib chiqadi. Follikula o’rnida esa “sariq tana” deb ataladigan hosila paydo bo’ladi – bu homiladorlikka tayyorgarlik ko’rishda ishtirok etadi. Agar homiladorlik sodir bo’lmasa, sariq tana qayta kichrayib boradi. Ammo ba’zi hollarda bu sodir bo’lmaydi, sariq tana o’sishda davom etadi va uning kistalari paydo bo’lishi mumkin. Ko’pincha tuxumdon apopleksiyasining sababi sariq tananing yoki uning kistasining yorilishi hisoblanadi.
Sog’lom tuxumdonlarda apopleksiya tez-tez uchraydigan hodisa emas. Odatda, turli xil yallig’lanish kasalliklari va ularning oqibatlari tufayli tuxumdonlar va qon tomirlarining devorlari patologik o’zgaradi.
Tuxumdonning yorilishiga jismoniy zo’riqishlar, travma (ayniqsa, qorin bo’shlig’i shikastlanishi), jinsiy aloqa va boshqalar sabab bo’lishi mumkin.
Tuxumdon apopleksiyasining belgilari
• Qorin bo’shlig’ida kuchli og’riq, odatda qorinning pastki sohalarida shikastlangan tuxumdondan tomonda og’riq kuchliroq bo’ladi
• Zaiflik, bosh aylanishi, titroq
• Ko’ngil aynishi
• Oqargan teri
• Hushidan ketish
Tuxumdon apopleksiyasining diagnostikasi
Tuxumdon apopleksiyasi tibbiyotda “o’tkir qorin” deb ataluvchi simptomlarni beradi. Diagnostik tadbirlarni o’tkazishda shifokor appenditsit, ektopik homiladorlik, siydik toshlari va boshqalar kabi patologiyalarni istisno qiladi. Ko’pgina hollarda tuxumdon apopleksiyasini tasdiqlash uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
• Ginekologik tekshiruv
• Qon analizi
• Ultratovush tekshiruvi, uning yordamida qorin bo’shlig’ida, shuningdek, sariq tanada qon mavjudligini ko’rish mumkin.
• Laparoskopiya (diagnostik) – qorin bo’shlig’ini ichkaridan, qorin bo’shlig’idagi kichik teshiklarga kameralar o’rnatilgan asboblar orqali tekshirish. Agar kerak bo’lsa, diagnostik laparoskopiya terapevtik bo’ladi va shifokor qon ketishini to’xtatish, qorin bo’shlig’idan qonni olib tashlash va tuxumdonning yaxlitligini tiklash uchun barcha zarur choralarni ko’radi.
Tuxumdon apopleksiyasini konservativ davolash, odatda, amalga oshirilmaydi.
Jarrohlikdan so’ng bemorlarga maksimal tez tiklanishni ta’minlash uchun reabilitatsiya tibbiyotining arsenalidan fizioterapevtik muolajalar yoki boshqa usullar buyurilishi mumkin. Dorilar bilan davolash dasturi individual ravishda tanlanadi. Bemorlar kasalxonada 1-2 kun davolanadilar.
Kasmed klinikasida operatsiyalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan 30 yildan ortiq ishlash tajribagasiga ega yuqori malakali jarrohlar tomonidan yuqori texnologiyali uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Kasmed klinikasiga murojaat qiling, biz sizga qorin og’rig’idan xalos bo’lishga yordam beramiz! Kasallikning jiddiy asoratlarga olib kelishiga yo’l qo’ymang! O’z sohasidagi professionallarga ishoning!